locale OZ

«Qizilqum» - «Neftchi». O’zaro o’yinlar tarixi

Superliga chempionati doirasida "Qizilqum" va "Neftchi" jamoalari shu kunga qadar 48 marta rasmiy uchrashuvlarda bahs yuritgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Qizilqum» - «Neftchi». O’zaro o’yinlar tarixi
Фото: Қизилқум ПФК

Superliganing 5-tur bahsida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi sevimli “Neftchi” jamoamiz Navoiy shahrida «Qizilqum» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Statistik ma’lumot:
Superliga chempionati doirasida "Qizilqum" va "Neftchi" jamoalari shu kunga qadar 48 marta rasmiy uchrashuvlarda bahs yuritgan. O‘tkazilgan o‘zaro to‘qnashuvlarda "Qizilqum" 12 marta g‘alaba qozongan,12 ta bahsda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan va 24 uchrashuvda "Neftchi"ning qo‘li baland kelgan.To‘plar nisbati 46-75 farg‘onaliklar foydasiga.

Eng yirik g‘alabalar:
02.11.2002.
"Qizilqum"-"Neftchi" 4:1
20.09.2000.
"Neftchi"-"Qizilqum" 5:0

Jamoalarning Navoiyda qayd etgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari
28.06.2025.
"Qizilqum"-"Neftchi" 1:1
06.05.2024.
"Qizilqum"-"Neftchi" 1:1
26.05.2023.
"Qizilqum"-"Neftchi" 1:1
01.04.2022.
"Qizilqum"-"Neftchi" 3:0
23.11.2018
"Qizilqum"-"Neftchi" 1:1

Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum"-"Neftchi" uchrashuvini Nayim Qosimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.Uchrashuv Navoiy shahridagi "Yoshlar" sport majmuasida soat 18:00da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting