locale OZ

Qizilqum nazorat o’yinida «Mash’al» jamoasini mag’lub etdi

Qizilqum FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tannaffusdan unumli foydalangan holda nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qizilqum nazorat o’yinida «Mash’al» jamoasini mag’lub etdi
photo: Qizilqum FK

Kecha Akmal Rustamov qo’l ostidagi navoiyliklar FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga kelgan tannaffusdan unumli foydalangan holda nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Raqib esa Muborakning «Mash’al» klubi bo’ldi. Ilk daqiqalaridanoq keskin kurashlarga boy boshlangan bahsda Qizilqum 3:1 hisobida g’alabaga erishdi.

Bellashuvda konchilarning gollariga Islom Kenjaboyev (9’), Shohro’z Norxonov (20’), Akmal Muzzafarov (90+3) lar mualliflik qilgan bo’lsa, muborakliklar safida Humoyun Murtazoyev (1’) bir marotaba darvozamizni ishg’ol qildi.

Nazorat bellashuvi

«Yoshlik» stadioni, Karmana

«Qizilqum» 3:1 «Mash’al»

Gollar: Islom Kenjaboyev 9’ (1:1), Shohro’z Norxonov 20’ pen. (2:1), Akmal Muzaffarov 90+3’ (3:1) — Humoyun Murtazoyev 1’ (0:1).

«Qizilqum»: 1. Farhod Rahmatov, 4. Ilhom Vahobov, 7. Fayzullo Jumanqo’ziyev, 8. Shahzod Rahmatullayev, 9. Shahzod Turopov, 10. Islom Kenjaboyev (s), 20. Bobomurod Bozorov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 23. Samandar Shukrullayev, 70. Shohro’z Norxonov, 77. Diyor Raxmatilloyev.

Zaxira: 99. Humoyunshox Sayyotov, 72. Jahongir Mamatqulov, 2. Kamron Norqulov, 3. Doston Tursunov, 6. Murodali Usmonov, 17. Akmal Muzaffarov, 19. Ilhom Kenjayev, 26. Shoxrux Xalikov, 33. Sherzod Majidov

«Mash’al»: 1. Azamat Soyibov, 6. Abdulrashid Abubakar, 7. Vladko Stoyanovski, 10. Humoyun Murtazoyev, 17. Anvar Murodov, 22. Nurjahon Muzaffarov, 30. Ilhom Abdug’aniyev, 34. Shaxboz Jo’rayev, 37. Sherzod Fayziyev, 45. Dilshod Pirimqulov, 96. Muhammadyusuf Valijonov.

Zaxira: 25. Samandarbek Jo’rabekov, 3. Asan Vaniyev, 9. Ibrohim G’anixonov, 13. Nuriddin Nuriddinov, 15. Muhammadali Aliqulov, 28. Ergash Ismoilov, 70. Azizbek Choriyev, 80. Augustin Chidi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting