«Qizilqum» jamoasi stadioniga VAR texnikasi o‘rnatildi
“Qizilqum” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Фото: UzFHM
Prezidentning 262-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda futbol uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida mamlakatimiz stadionlarida markazlashgan VAR tizimidan foydalanish uchun maxsus texnikalarni o‘rnatish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Hozirda “Qizilqum” klubining uy stadioniga VAR texnikalarini joylashtirish ishlari to‘liq yakunlandi.
Mazkur sa'y-harakatlar hakamlik qarorlarining haqqoniyligini ta'minlash, shuningdek, o‘zbek futbolining xalqaro standartlarga mosligini oshirishga xizmat qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist