«Qizilqum» bosh murabbiy Rustamov bilan shartnomani uzaytirdi
Endilikda mutaxassis mavsum yakuniga qadar navoiyliklarni boshqaradi.
Фото: Қизилқум ПФК
Navoiyning “Qizilqum” klubi bosh murabbiy Akmal Rustamov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Endilikda mutaxassis mavsum yakuniga qadar navoiyliklarni boshqaradi. U 1 dekabr sanasiga qadar “oltin izlanuvchilar” ustozi bo‘ldi.
Qayd etish lozim, Rustamov 2025 yil 9 iyunda Nikola Lazarevichdan so‘ng vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlangandi.
Ma’lumot uchun, “Qizilqum” ham Turkiya safariga yo‘l olishi kutilmoqda. Yig‘in xorijda davom ettiriladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist