«Qizilqum» a'zolari UFAning onlayn seminarida qatnashdi
Yig’ilishning asosiy mavzusi “Kelishilgan o’yinlar va totalizatorga qarshi kurashish” haqida bo’ldi.
Фото: Қизилқум ПФК
Antaliyada qishgi o’quv-yig’in mashg’ulotlarini o’tkazayotgan asosiy jamoamiz bugun O’zbekiston futbol assotsiatsiyaning onlayn seminarida qatnashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yig’ilishning asosiy mavzusi “Kelishilgan o’yinlar va totalizatorga qarshi kurashish” haqida bo’ldi.
UFA mutaxassislari klubimiz murabbiylari hamda futbolchilariga ko’plab holatlar bo’yicha tushuntirishlar va qiziqtirgan savollariga o’z javoblarini berishdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist