«Qizilqum» Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini yakunladi
Yi'gin davomida jami 7 ta o'yin o'tkazildi.
Фото: Қизилқум ПФК
21-yanvar kunidan Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun o'quv-yig'in mashg'ulotlarni boshlagan jamoamiz 11-fevral kuni xorij yig'inini yakunladi.
O'quv-yig'in mashg'ulotlari davomida jamoamiz jami 7 ta nazorat bahsida maydonga tushib, 3 ta o'yinda g'alaba, bir uchrashuvda mag'lubiyat hamda 3 ta bahsda durang natijalarini qayd etdi.
Futbolchilarimiz to'rt kunlik tanaffusdan keyin yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining hal qiluvchi bosqichini Navoiyda davom ettiradi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist