locale OZ

\"Qizilqum\" 4 maydan boshlab uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkazadi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Qizilqum" 4 maydan boshlab uy uchrashuvlarini Navoiyda o'tkazadi
Photo: UzPFL

“Qizilqum” jamoasi 4 maydan boshlab uy uchrashuvlarini yana Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida o'tkazadi. Bu haqda O'zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Navoiy shahridagi ”Yoshlar" sport majmuasi va nihoyat Liga talab qilgan ko'rinishda ta'mirdan chiqarildi. Endilikda stadion Superliga bellashuvlarini qabul qilishi mumkin.

“Qizilqum” Superliga 8-turida “Navbahor” jamoasiga qarshi kurash olib borishi lozim. Mazkur bellashuv 4 may kuni «Yoshlar» sport majmuasida o'tkaziladi. Ishonamizki, yakshanba kuniga to'g'ri kelayotgan bellashuv navoiylik futbol muxlislari uchun haqiqiy sovg'a bo'ladi va ular stadionni to'ldira olishadi", — deyiladi PFL xabarida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting