locale OZ

«Qiziljar» klubi bosh murabbiyi: Asalni tarkibimizga olib adashmadik deya olaman

Madiyar Kembilov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga eksklyuziv intervyu berdi.
 «Qiziljar» klubi bosh murabbiyi: Asalni tarkibimizga olib adashmadik deya olaman
photo: Ayollar futboli

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Asalxon Aminjonova to‘p surayotgan Qozog‘istonning “Qiziljar” klubi bosh murabbiyi Madiyar Kembilov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatiga eksklyuziv intervyu berdi.

— Assalomu alaykum. Avvalo, o‘zingiz haqingizda qisqacha ma'lumot bersangiz.

— Assalomu alaykum. Men 1970-yil 27-iyul kuni Qozog‘istonda tug‘ilganman. 2005-yildan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanaman. 2023–2026-yillar davomida Qozog‘iston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladim.

— Jamoangiz yaqinda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Asalxon Aminjonova bilan shartnoma imzoladi. Ushbu transfer qanday amalga oshdi?

— 2023-yilda BIIK jamoasi bosh murabbiyi sifatida O‘zbekistonga borganman. O‘shanda jamoamiz OKMK-W klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va aynan o‘sha bahsda Asalxonni birinchi marta ko‘rganman. U menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi.

Shundan so‘ng uning o‘yinlarini muntazam kuzatib bordim. Har yili o‘sishga erishayotganini ko‘rdim va yakunda uni jamoamiz safiga qo‘shishga qaror qildim.

— Asalxonning debyut uchrashuvidagi o‘yinini qanday baholaysiz?

— Asal birinchi o‘yinni zaxiradan boshladi. Biroq maydonga tushganidan so‘ng ilk harakatlaridayoq jamoamizga katta foyda keltirdi. Uning faol harakatlari natijasida raqib sardori qizil kartochka oldi va biz penalti ishlab oldik.

Keyingi daqiqalarda ham Asal ishonchli va mazmunli o‘yin namoyish etdi. Uning jamoaga juda tez moslashib ketgani bizni xursand qildi. Bir so‘z bilan aytganda, uni tarkibimizga olib adashmadik deya olaman.

Klubimizda iqtidorli yosh futbolchilarni kuchli futbol mamlakatlari klublariga tayyorlash va yo‘naltirish strategiyasi mavjud. Agar Asalxon o‘z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda shu strategiya asosida Yevropaning va boshqa top chempionatlar jamoalariga transfer bo‘lish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting