«Qizil kartochka? Hazillashyapsizmi?» — Musso Fermin bilan toʻqnashuv haqida fikr bildirdi
Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klubi darvozaboni Xuan Musso Chempionlar Ligasi chorak finali javob uchrashuvida «Barselona» yarimhimoyachisi Fermin Lopes bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Atletiko» mazkur bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (3:2) keyingi bosqichga yo‘l oldi.
«Qizil kartochka? Hazillashyapsizmi? Fermin bilan bog‘liq bu vaziyat haqida qanday qilib mendan so‘rashingiz mumkin? Menga ham og‘riqli bo‘ldi. Maydondagi bo‘shliqni yopish uchun qilgan tabiiy harakatingiz natijasida u mening oyog‘imga urilib ketdi», — deya Mussoning so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasining yarimfinalida «Atletiko» jamoasi «Sporting» — «Arsenal» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.