Qirg‘izistonda legionerlarga cheklov qo‘yiladi
Qirg‘iziston oliy ligasi xorijlik futbolchilarga nisbatan cheklovni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Hozirda har bir jamoada bir vaqtda sakkiz nafargacha xorijlik maydonga tushishi mumkin.
Ayni paytda, joriy yilda Qirg‘iziston oliy ligasida klublar soni 10 tadan 14 taga ko‘paydi, bu esa qirg‘izistonlik futbolchilarga bo‘lgan talabning oshishiga va maoshlarning ko‘tarilishiga olib keldi. Kelgusi yilda Ligani 16 ta klubga kengaytirish rejalashtirilgan, bu esa qirg‘izistonlik futbolchilarning maosh talabini yanada oshiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Qirg‘iziston Premyer-ligasida eng ko‘p xorijlik futbolchiga ega: Qo‘shibxonov, Sidorov, Mamatkazin, Maradona Safarov kabi 14 ta klubning 10 tasida 31 nafar futbolchi bor.
Ukraina ikkinchi o‘rinda turadi (24 o‘yinchi), uchinchi o‘rinda Rossiya (19 o‘yinchi), ammo ruslar YeOII qoidalariga ko‘ra xorijiy o‘yinchilar hisoblanmaydi.