locale OZ

Qirg‘iziston terma jamoasi darvozaboni faoliyatini “Andijon”da davom ettiradi

Erjan Tokotaev uchun O‘zbekiston Superligasi yangi manzilga aylandi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Championat Asia

Qirg‘iziston terma jamoasining asosiy darvozaboni Erjan Tokotaev endi “Andijon” sharafini himoya qiladi. Avvalroq uning O‘zbekiston Superliga klublariga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manbalarga ko‘ra, Tokotaev OKMKdan ham taklif olgan, ammo u avval Yevropada faoliyat yuritishni ustuvor deb bilgan. Biroq, oxir-oqibat u “Andijon”ni tanladi.

Bu klub joriy yil kuzida Osiyo Chempionlar Ligasi-2 musobaqasida ishtirok etadi. Agar Tokotaev u yerda o‘zini ko‘rsata olsa, bu Yevropaga yo‘l ochishi mumkin. Shuningdek, rossiyalik skautlar ham so‘nggi paytlarda o‘zbek Superligasiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting