«Qayrat» YChL pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum boʻldi
Qozogʻiston klubi 7-turda «Bryugge»ga magʻlub boʻldi.
FOTO: Getty Images
Olmaotaning «Qayrat» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-turida «Bryugge»ga 1:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi.
Qozog‘iston jamoasi yetti uchrashuvda atigi bir ochko jamg‘arib, turnir jadvalida so‘nggi — 36-o‘rinni egallab turibdi. Natijada «Qayrat» Chempionlar ligasining pley-off bosqichida ishtirok etish huquqini beradigan top-24 talikdan tashqarida qoldi.
Ta’kidlash joiz, «Qayrat» Chempionlar ligasining asosiy bosqichida ilk bor qatnashmoqda.
Umumiy bosqichning yakuniy, 8-turida Olmaota klubi Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv chorshanba, 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Londondagi «Emireyts» stadionida o‘tkaziladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist