Qatar JCh-2026da muxlislariga pul to‘lagan – The Telegraph
Futbol assotsiatsiyasi barcha xarajatlarni qoplagan.
ФОТО: Getty images
Qatar futbol assotsiatsiyasi terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlariga tashrif buyurgan muxlislariga pul to‘lagan. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Qatar terma jamoasi Kanada, Shveytsariya hamda Bosniya va Gersegovina bilan "B" guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallagan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mingga yaqin qatarliklar to‘liq xizmatlar paketini, jumladan, parvoz, stadion yonidagi mehmonxonada yashash va o‘yinga chiptalarni olgan.
Shuningdek, o‘yinlar oldidan muxlislarga terma jamoa ranglaridagi futbolkalar, kepkalar va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaklardan iborat "muxlis to‘plami" tarqatilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist