locale OZ

Qatar 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi JCH mezbonligi uchun asosiy nomzod

Agar turnir ushbu mamlakatda o‘tkazilsa, yozgi jazirama sabab musobaqa yana qish oylariga ko‘chirilishi mumkin.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Qatar 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi JCH mezbonligi uchun asosiy nomzod
Foto: Getty Images

Qatar 2029-yilgi FIFA Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, FIFA va Qatar vakillari o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. Agar turnir ushbu mamlakatda o‘tkazilsa, yozgi jazirama sabab musobaqa yana qish oylariga ko‘chirilishi mumkin.

Qatar 2022-yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan zamonaviy stadionlar va infratuzilmadan yana bir bor foydalanishni rejalashtirmoqda. Biroq qishki taqvim varianti Yevropa chempionatlari mavsumiga ta'sir qilishi mumkinligi sababli bu masala atrofida bahslar davom etmoqda.

Hozircha FIFA 2029-yilgi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati mezboni bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilmagan. AQSH, Braziliya va yana bir nechta davlatlar ham turnirni qabul qilishga qiziqish bildirmoqda.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting