locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Qatar 2029 yilgi KÖJChga mezbonlik qilmoqchi

Futbol 29 iyn 2025 da 11:05
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Qatar 2029 yilgi KÖJChga mezbonlik qilmoqchi
Photo: Getty Images

Qatar 2029 yilda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda.

Mamlakat 2025 yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida FIFA rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazdi va navbatdagi musobaqaga mezbonlik qilish istagini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Qatar terma jamoalar o‘rtasidagi 2022 yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan. Musobaqa uchun mamlakatda to‘qqizta yangi stadion qurildi, ulardan oltitasi hozirda faoliyat yuritmoqda. Qatar rasmiylarining ta’kidlashicha, mamlakatda allaqachon zarur infratuzilma mavjud va barcha arenalar bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan, bu esa logistika masalalarini ancha yengillashtiradi.

Shuningdek, mezbonlik uchun Qatardan tashqari, Ispaniya va Marokash ham da’vogarlik qilmoqda.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting