locale OZ

Qashqadaryolik yosh futbolchilar “Nasaf” o'quv-mashg'ulot bazasiga tashrif buyurishdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryolik yosh futbolchilar “Nasaf” o'quv-mashg'ulot bazasiga tashrif buyurishdi
FOTO: UzbekistanFA

Qashqadaryo futbol akademiyasining yosh futbolchilari "Biz bir jamoa" shiori ostida "Nasaf" PFK o‘quv-mashg‘ulotlar bazasida bo‘lishdi.

U yerda bolalar futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. "Nasaf" jamoasi bosh murabbiysi Ro‘ziqul Berdiyev yosh futbolchilarga zarur bo‘lgan tavsiyalarni berdi.

“Yaxshi futbolchi bo‘lish uchun eng avvalo ona yurtni sevish kerak, yurtga muhabbati yuksak inson har jabhada muvaffaqiyatga erishadi”, - dedi Ro’ziqul Berdiyev.

Berdiyev yoshlarga qarata - “G‘alaba bu mehnat, tirishqoqlik, intilish va g‘urur. Buni hech qachon yoddan chiqarmang”.

Bo'lajak futbolchilar "Nasaf" jamoasini futbol mashg‘ulotlarini stadiondan tomosha qilishdi. Tadbir so‘ngida futbolchilar va bolajonlar bilan esdalik uchun suratga tushishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting