locale OZ

Qashqadaryoda futbol mavsumiga start: Muborak va Koson tumanlaridagi holat tahlil qilindi.

Tashrif davomida stadionlarning texnik holati, xavfsizlik talablari va jamoalarning musobaqalarga tayyorgarlik darajasi chuqur tahlil qilindi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryoda futbol mavsumiga start: Muborak va Koson tumanlaridagi holat tahlil qilindi.
photo: Mash'al fk

Qashqadaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi tomonidan joylarda futbol infratuzilmasini yangi mavsumga tayyorlash bo‘yicha monitoring ishlari davom etmoqda. Navbatdagi o‘rganish manzillari viloyatning futbol an’analariga boy Muborak va Koson tumanlari bo‘ldi.

Tashrif davomida stadionlarning texnik holati, xavfsizlik talablari va jamoalarning musobaqalarga tayyorgarlik darajasi chuqur tahlil qilindi.

Muborak tumanidagi o‘rganishlar kutilganidek yuqori saviyada o‘tdi. O‘zbek futbolining o‘ziga xos "akademiyasi" sanalgan "Mash’al" klubi ixtiyoridagi “Bahrom Vafoyev” nomidagi markaziy stadion va mashg‘ulot maydonlari ko‘zdan kechirildi. Maydon maysasining agrotexnik holati, projektorlar tizimi hamda futbolchilar qarorgohidagi sharoitlar o‘rganib chiqildi.

Koson tumanida o‘tkazilgan monitoring esa e’tiborni qaratish lozim bo‘lgan qator masalalarni yuzaga chiqardi. Tuman markaziy o‘yingohida muxlislar uchun qulayliklarni oshirish, xususan, tribunalar va sanitar-gigiyenik shoxobchalarni ta’mirlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Koson futbolidagi asosiy vazifa sifatida tumanda bolalar-o‘smirlar futbolini tizimli rivojlantirish va Ikkinchi liga bahslarida tuman sha’nini munosib himoya qiladigan, mahalliy yoshlardan iborat jamoani shakllantirish masalasi belgilab olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting