locale OZ

Qashqadaryoda boks musobaqalari yakunlandi

G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryoda boks musobaqalari yakunlandi
Фото: Спорт вазирлиги

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari doirasida tashkil etilgan “Qashqadaryo viloyati hokimi Olimpiadasi”ning boks bo‘yicha bellashuvlari yuqori saviyada o‘tkazilib, o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqa davomida viloyatning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan yosh charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun murosasiz va shiddatli janglar olib borib, o‘zlarining mahorati, matonati va jangovar tayyorgarligini namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqa g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi. Taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyati boks federatsiyasi raisi Normo‘min Xolboyev, Qashqadaryo viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Vahob Ro‘ziyev, hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi ijrochi direktori Erkin Vahidov ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbir davomida xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, yuksak natijalarni qo‘lga kiritgan vohaning bir qator sportchilari ham alohida e’tirof etildi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting