locale OZ

Qashqadaryo viloyati “Hokim kubogi–2026” musobaqasining 4-turida “Sho‘rtan” U-19 jamoasi “Mash’al-B” jamoasiga qarshi maydonga tushdi

Uchrashuv yuqori sur’atda, keskin va haqiqiy kubok ruhida o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qashqadaryo viloyati “Hokim kubogi–2026” musobaqasining 4-turida “Sho‘rtan” U-19 jamoasi “Mash’al-B” jamoasiga qarshi maydonga tushdi
photo: Sho'rtan fk

Qashqadaryo viloyati “Hokim kubogi–2026” musobaqasining 4-turida “Sho‘rtan” U-19 jamoasi “Mash’al-B” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv yuqori sur’atda, keskin va haqiqiy kubok ruhida o‘tdi.

Bahs davomida yoshlarimiz katta bosim ostida o‘ynadi. Raqib o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib, uchrashuvni 3:1 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Shunga qaramay, “Sho‘rtan” U-19 futbolchilari oxirigacha kurashdi, maydonda taslim bo‘lmadi va xarakter ko‘rsatdi.

Ushbu natijadan so‘ng jamoamiz guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi va keyingi bosqichga chiqa olmadi. Guruh murakkab edi, raqiblar tajribali va jismonan ustun bo‘ldi. Ammo bu musobaqa yosh futbolchilarimiz uchun katta maktab vazifasini o‘tadi.

Qashqadaryo viloyati “Hokim kubogi–2026” 4-tur
10.02.2026-yil
“Mash’al-B” — “Sho‘rtan” U-19
Hisob: 3:1
Stadion: “B. Vafoyev o‘yingohi”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting