locale OZ

Qarshi davlat universitetining Lochin klubi uchun oliygoh hududida barpo etilayotgan yangi stadionda qurilish ishlari jadal davom etmoqda

Hozirga qadar maydonning asosi hamda drenaj tizimiga oid ishlar yakunlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qarshi davlat universitetining Lochin klubi uchun oliygoh hududida barpo etilayotgan yangi stadionda qurilish ishlari jadal davom etmoqda
photo: Lochin FK

Kelayotgan mavsumda Pro ligada ishtirok etadigan Qarshi davlat universitetining Lochin klubi uchun oliygoh hududida barpo etilayotgan yangi stadionda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Hozirga qadar maydonning asosi hamda drenaj tizimiga oid ishlar yakunlangan. Ayni paytda maydon uchun zamonaviy sug‘orish tizimi o‘rnatildi, chim asosini tashkil etuvchi qum qavatini maydonga yotqizish ishlari boshlab yuborildi.

Shuningdek, jamoalar uchun mo‘ljallangan kiyinish xonalari, matbuot anjumanlari zali hamda boshqa zaruriy xonalar joylashadigan binoda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting