locale OZ

Qarshi davlat universiteti jamoasi Pro ligada qatnashadi

Klub o'tgan yili Birinchi ligada ishtirok etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qarshi davlat universiteti jamoasi Pro ligada qatnashadi
Фото: Pro Liga

O'tgan yilning 9 dekabr kuni Liga ishchi guruhi Qarshi shahrida bo'lib, Qarshi davlat universiteti hududida barpo etilayotgan stadionda o'rganish ishlarini amalga oshirgandi.

"7 aprel sanasida esa Qarshi davlat universiteti va Liga o'rtasida memorandum imzolangan bo'lib, "Lochin" klubi unda qayd etilgan yo'nalishda faoliyat olib bordi va debyut mavsumidayoq futbol jamoatchiligi e'tiborini o'ziga qaratishga muvaffaq bo'ldi. O'tgan davr mobaynida "Lochin" Pro ligada ishtirok etish uchun talabgor klub sifatida hujjatlarni rasmiylashtirdi.

Eng so'nggi bosqichda universitet rektori Dilmurod Nabiev "Lochin" klubining 2026 yildan e'tiboran Pro ligada ishtirok etishini kafolatlovchi rasmiy xatni Ligaga taqdim etdi. Universitet jamoasi Liga tomonidan qo'yilgan talablarni bosqichma-bosqich bajarganligi inobatga olinib, "Lochin" Pro liga ishtirokchilari safiga qabul qilindi.

Shu tariqa, Pro ligada universitetlar qoshidagi klublar soni ikkita bo'ldi. Ma'lumki, o'tgan mavsum Farg'ona davlat universiteti musobaqada munosib ishtirok etgandi. Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov joriy mavsumda ham "FarDU" Pro ligada to'p tepishini tasdiqladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting