locale OZ

“Qari qo‘rqoq”: Neymar 69 yoshli jurnalist bilan tortishib qoldi

Mojaro Braziliya chempionatida “Santos”ning “Mirasol” bilan 1:1 hisobidagi durangidan keyin boshlangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Qari qo‘rqoq”: Neymar 69 yoshli jurnalist bilan tortishib qoldi
Foto: Getty Images

“Santos” hujumchisi Neymar braziliyalik jurnalist Fabio Sormani bilan ijtimoiy tarmoqlarda bahslashib qoldi. Mojaro Braziliya chempionatida “Santos”ning “Mirasol” bilan 1:1 hisobidagi durangidan keyin boshlangan. Sormani Neymarning o‘yinini tanqid qilib, jarohatlardan keyin hujumchi avvalgidek raqiblarini qisqa masofada aldab o‘ta olmayotganini aytgan.

69 yoshli jurnalist hatto Neymarni yakkama-yakka bahsga chorlab, kichik maydonda besh urinishning barchasida undan to‘pni olib qo‘ya olishini ta’kidlagan. Neymar esa chaqiriqni qabul qilib, Sormanini “Santos” mashg‘ulot bazasiga taklif qilgan.

Keyinchalik Sormani bahsni yil oxiriga qoldirishni taklif qilgan. U hozir Neymarni tasodifan jarohatlab qo‘yishni va mavsum davomida “Santos”ga zarar yetkazishni istamasligini sabab sifatida ko‘rsatgan. Neymar esa bunga javoban jurnalistni “Qari qo‘rqoq” deb atab, uning bahona qilayotganini yozgan.

Ma’lumot uchun, Neymar 2025-yil yanvar oyida “Santos” safiga qaytgan. 2026-yil yanvarida esa braziliyalik futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirgan. Amaldagi kelishuv 2026-yil oxirigacha mo‘ljallangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting