Qahramon Aslanov Valverde \"Atletik\"ni qanday ruhlantira olishini aytdi
O‘z maydonida “Manchester Yunayted”dan 0:3 yutqazgan “Atletik” murabbiyi Ernesto Valverde javob o‘yini oldidan shogirdlarini nimalar deb ruhlantirishi mumkin, deb o‘ylab qoldim. Topdim ham.

- Yigitlar, futbolda uch to‘p farqini yo‘qqa chiqarish ilojsiz narsa emas. Eplasak bo‘ladi. Etti yil oldin “Barselona”ni boshqargan paytimda uyda “Roma”ni 4:1 hisobida yutganman, lekin ular javob o‘yinida uchta gol urib, kambek qilishgan. Nega biz “Roma” qilgan ishni qilmasligimiz kerak?
- Lekin boss, bizda Uilyamslar ham, Sanset ham yo‘q, qanday qilib etakchi futbolchilarsiz remontada qilamiz?
- Olti yil oldin “Barselona”ni boshqarganimda birinchi o‘yinda “Liverpul”ni 3:0 hisobida yutgandim. Javob o‘yinida Firmino, Saloh kabi futbolchilar jarohatlanib, “Liverpul”ga yordam bera olmaydigan bo‘lishgandi.
- Xo‘sh, xo‘sh?
- Bizga to‘rtta urib finalga chiqishgandi. Xullas, eplasak bo‘ladi!
Ha, tajriba juda foydali boylik