Qahramon Aslanov: ""Napoli" va "Inter" intrigani zo‘rini ko‘rsatishyapti o‘ziyam"


Qahramon Aslanov Italiya A seriyasi 37 turidan keyingi vaziyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:
37-tur oldidan: «Napoli»da 78, «Inter»da 77 ochko.
“Bir qaraganda, ”Napoli" safarda autsayderni yengsa, hammasi qo‘lida. Lekin “Parma”gayam ochko zarur: ligadan tushib ketmaslik uchun. Orqadan kelayotgan “Empoli” va “Lechche” yutmoqda. “Inter” raqibi esa “Lasio” - top4 uchun kurashyapti. Simeone Indzagi o‘ynagan “Lasio”.
Xullas, chempion bo‘lishi uchun gol zarur bo‘lgan “Napoli” 2-taymda “Parma” darvozasiga atigi 1 zarba yo‘lladi. U ham uzoq masofadan jarima zarbasi. Shtangaga tegdi, lekin bu kam-da.
“Inter” esa ikki marta hisobda oldinda borib, ikki marta yutuqni qo‘ldan chiqardi. Birinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyatini ham.
Eng qizig‘i oxirida bo‘ldi.
“Inter” 2:1 yutayotganda, darvozasiga penalti belgilandi. Shu janjalda raqib murabbiyi bilan birga Indzagi ham qizil kartochka oldi.
Milanda hisob tenglashganini eshitgan Konteyam o‘zini tutib turolmadi. Axir endi “Napoli” gol ursa hoziroq chempion bo‘ladi.
Uyam janjallashib qizil kartochka oldi.
Ikkala o‘yingayam hakamlar 7 daqiqa qo‘shishdi.
“Inter” - “Lasio”- 2:2. “Napoli” gol ursa - chempion.
90+7. Penalti belgilandi. “Napoli” tepishi kerak.
90+8. "Inter" gol urdi. Lekin ofsayd. Qizig‘i, Augustoning zarbasi darvozaga kirib ketishiyam mumkin edi, ammo ofsaydda turgan Arnautovich boshi bilan urib, gol bekor bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Yevro 2012 yarim finalida Nanining Ronalduning golini buzib qo‘ygani esingizdami?
90+9 da VAR "Napoli"ning penaltisini bekor qildi! 0:0.
Bir ochkolik farq saqlanib qoldi. Endi "Napoli" so‘nggi turda o‘z uyida “Kalyari”ni yutsa - chempion.
“Inter” esa besh daqiqa chidab turganda 1-o‘ringa ko‘tarilib olardi. So‘nggi tur safarda Fabregasning “Komo”si bilan",-deydi jurnalist

Futbol
Bugun da 17:07

Futbol
Bugun da 14:00