locale OZ

Qahramon Aslanov: \"Kuchli jamoani qurish injiq yulduzlarni olib kelish bilan bo'lmaydi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qahramon Aslanov: "Kuchli jamoani qurish injiq yulduzlarni olib kelish bilan bo'lmaydi"
Photo: gettyimages

Qahramon Aslanov PSJ chempionlar ligasi g'olibi bo'lgani haqida fikr bildirdi:

"Eng muhimi, “PSJ” o‘z misolida yana bir bor isbotladi - kuchli jamoa injiq yulduzlarni katta pullarga olib kelib yig‘ish bilan sodir bo‘lmaydi.

Uning komponentlari ko‘p - yaxshi murabbiy, muvozanatli va professional munosabatlar , tartib, mehnat, sog‘lom muhit va hokazo. Buning bahosi pul bilan o‘lchanmaydi.

Parijliklar so‘nggi o‘n yilda avval nima mumkin emas va keyin esa qanday bo‘lish kerakligini ko‘rsatib berishdi.

Bir paytlar Abramovich “MYu” - “Real” o‘yinini tomosha qilib, futbol klubi sotib olishni niyat qilgan va “Chelsi”ni olgan. O‘sha o‘yin Abramovich qarori orqali bilvosita keyingi yillar futbolini belgilab bergan, puldor investorlar davrini boshlagan.

"PSJ"ning bu mavsumi ham futbol kelajagi uchun muhim bo‘ladi, menimcha",-deb yozadi Aslanov

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting