Qahramon Aslanov: \"Birinchi hayolga Rafinya keladi\"
Jurnalist Qahramon Aslanov “oltin to'p”ni kim olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi:
"Haliyam “Barselona” futbolchilaridan biri “Oltin to‘p” olishi ehtimoli yo‘q emas, deb o‘ylayman. Agar shunday bo‘sa, tabiiyki, birinchi navbatda xayolga Rafinya keladi, uning statistikasi, gollari, Chempionlar Ligasidagi rekordga yaqinlashishi e’tirofga arziydi ham, to‘g‘ri.
Lekin nega 2010 yilda “Oltin to‘p”ni finalda gol urib jahon chempioni bo‘lgan Inesta emas, Messi olganini ham tushunaman. Ikkovi bir jamoada o‘ynardi – farqni ko‘rish shuning uchun ham juda oson. Inesta maydonda har qanday ishni bajara olardi, ammo bu Messining ishlarining yarmi bo‘lardi. Buni hamma, Inestaning o‘zi ham tan oladi, olgan ham.
Shu tomondan qarasak, ayniqsa oxirgi ikki oy Lamin Yamalni butunlay boshqa darajaga olib chiqdi. “Barselona”ning hamma katta o‘yinlarini qarab chiqing, boshqatdan ko‘ring, farqni sezasiz: Rafinya zo‘r, ha, ammo Yamal undan tashqari yana shuncha ko‘proq. Rafinya tizim uchun juda muhim murvat, pand bermaydi, yaxshi ishlaydi, ammo har og‘ir ahvolda, tizim to‘liq ishlay olmayotgan paytda biz to‘pni Yamalning oyog‘ida ko‘rdik. U to‘pni o‘zi olmadi, sheriklari uzatishdi, jumladan Rafinya ham",-deydi Aslanov