\"Pumas\" Remzining transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
Aaron Remzi faoliyatini Meksikada davom ettiradi.
“Pumas” 34 yoshli yarim himoyachining transferini e'lon qildi.
Uelslik futbolchi so‘nggi ikki mavsumni “Cardiff City”da o‘tkazgandi. U Championshipda 21 o‘yinda 3 ta gol urdi, o‘tgan mavsumda atigi 8 ta bahsda maydonga tushdi.
Remzi “Arsenal” tarbiyalanuvchisi sanaladi. Shuningdek, u “Juventus”, “Rangers” va “Nissa” kabi klublarda ham o‘ynagan.
Ma'lumot o‘rnida, “Pumas” o‘tgan mavsumda Meksika chempionatida 4-o‘rinni egallab, pley-off bahslari orqali finalgacha borgan va yakunda “Monterrey”ga (0:2) imkoniyatni boy bergandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor