Pulisich «Milan»da qolishni istamoqda
«Milan» yarim himoyachisi Kristian Pulisich Italiya klubida qolishni xohlayotganini bildirdi. Amerikalik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi.
Shu bilan birga, «Milan» kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega.
«Hozir «Milan»da o‘zimni juda baxtli his qilyapman va shu yerda qolishni xohlayman. Shartnomani uzaytirish haqida o‘ylamayapman, ammo bu yerda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman», — deya Pulisichning so‘zlarini Daily Mail keltirgan.
28 yoshli futbolchi golsiz seriyasiga chek qo‘ygani haqida ham gapirdi. U 20-sentabr kuni «Lechche»ga qarshi uchrashuvda (3:0) gol urgan edi.
Mavsum boshida amerikalik futbolchi jarohatidan tiklanganidan so‘ng A Seriyadagi dastlabki uchta uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi.