PSV Plea transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
"Borussiya M"ning fransiyalik hujumchisi Alassane Plea PSVga o'tdi. Bu haqda Niderlandiya klubi matbuot xizmati rasman e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolangan. Transfer narxi 3 million yevroni tashkil qilgan.
Qayd etilishicha, Plea yangi jamoasi safida 14-raqamda harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Plea Myunxengladbachning "Borussiya"sida 2018 yildan buyon o'ynab kelayotgan edi.
Bu davr ichida u Bundesligada 209 ta o'yinda maydonga tushib, 58 ta gol urdi va 43 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor