PSV – Niderlandiya chempioni
Photo: Getty Images
PSV ketma-ket ikkinchi bor Niderlandiya chempioniga aylandi.
Erediviziyaning so‘nggi 34-turida PSV safarda "Sparta"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Natijada ular ochkolarini 79 taga yetkazib, mavsumni 1-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi.
So‘nggi turda "Twente"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan "Ajax" esa mavsumni 2-o‘rinda yakunlaydi.
Ta’kidlash kerakki, amsterdamliklar 23-turdan beri turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab kelayotgan edi. PSV bilan ochkolar farqi 9 ochkoni tashkil etgandi. Biroq 33-turga kelib, "Ajax" peshqadamlikni boy bergandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist