locale OZ

«PSV» Manfred Ugalde transferiga qiziqish bildirmoqda

Niderlandiya klubi Rikardo Pepiga munosib oʻrinbosar qidirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSV» Manfred Ugalde transferiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Eyndxovenning «PSV» klubi «Spartak» hujumchisi Manfred Ugaldeni «Fulhem»ga o‘tayotgan Rikardo Pepi o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar berdi.

Yanvar oyi oxirida Eyndxoven klubi kosta-rikalik futbolchini ijaraga olishga urinib ko‘rgan edi, biroq Rossiya klubidan rad javobini olgach, Pepining sotuvini to‘xtatib turgan edi. Hozirda Rikardo Pepi Londonga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘l olgan. Agar ko‘rik muvaffaqiyatli o‘tsa, u 1 iyuldan boshlab Premyer-liga klubi bilan shartnoma imzolaydi. Shu sababli «PSV» yana Ugaldening transferi variantiga qaytdi.

Biroq «Spartak» bilan kelishuv «PSV» uchun oson kechmasligi kutilmoqda. Moskva klubi hujumchi uchun taxminan 20 million yevro talab qilmoqda. Bu ko‘rsatkich «PSV» tarixidagi eng qimmat transfer — Ruben van Bommel uchun to‘langan 18,5 million yevrolik rekorddan ham yuqoridir.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Eyndxoven klubi muqobil variant sifatida «Monako»dan Miki Biyeret va «Elche» a’zosi Alvaro Rodriges nomzodlarini ham o‘rganib chiqmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting