locale OZ

«PSV» ketma-ket uchinchi bor Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi

Chempionat yakunlanishiga besh tur qolganida Eyndxoven klubi bosh sovrinni naqd qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSV» ketma-ket uchinchi bor Niderlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi
FOTO: Getty Images

Eyndxovenning «PSV» klubi muddatidan avval Erediviziya g‘olibligini rasmiylashtirdi. Niderlandiya chempionatining 29-turida «Feyenoord» jamoasi «Volendam» bilan durang o‘ynadi (0:0) va turnir jadvalida peshqadamga yetib olish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ldi.

«PSV» esa 29-tur doirasida «Utrext»ga qarshi kechgan murosasiz bahsda 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chempionat yakunlanishiga 5 tur qolganda bosh sovrinni naqd qildi. Ayni damda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Feyenoord» peshqadamdan 17 ochko ortda qolmoqda. Kuchli uchlikni «NEK Neymegen» jamoasi yakunlab turibdi.

Ushbu g‘alaba orqali «PSV» o‘z tarixida 27-marta Niderlandiya chempioniga aylandi. Shuningdek, klub hisobida 11 ta mamlakat Kubogi va 15 ta Milliy Superkubok mavjud. «Qizil-oqlarning» xalqaro maydondagi yutuqlari ham salmoqli bo‘lib, ular Yevropa chempionlari kubogi hamda UEFA kubogi sohibi hisoblanishadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting