locale OZ

PSV himoya chizig‘ini Lutsharel Gertruida bilan kuchaytirmoqchi

26 yoshli himoyachi PSVga o‘tishga qarshi emas va shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSV himoya chizig‘ini Lutsharel Gertruida bilan kuchaytirmoqchi
Foto: Getty Images

Niderlandiyaning PSV klubi “RB Leypsig” himoyachisi Lutsharel Geertruidani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Sky Sport Germany xabariga ko‘ra, Eyndxoven klubi so‘nggi kunlarda futbolchining transferi bo‘yicha Germaniya klubi bilan bog‘langan va uning transfer shartlari yuzasidan dastlabki ma’lumotlarni olgan.

Manbaga ko‘ra, PSVning asosiy maqsadi Geertruidani ijara asosida tarkibga qo‘shib olishdir. Biroq “RB Leypsig” futbolchini to‘liq transfer qilish variantini afzal ko‘rmoqda va niderlandiyalik himoyachi uchun taxminan 20 million yevro talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, 26 yoshli himoyachi PSVga o‘tishga qarshi emas va shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqin. Ammo transferning amalga oshishi klublar o‘rtasidagi moliyaviy kelishuvga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.

Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy bitim tuzilmagan. Shunga qaramay, muzokaralar davom etmoqda va yaqin kunlarda Geertruidaning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting