locale OZ

«PSJ»ning paradi vaqtida 13 yoshli oʻsmir bir koʻzidan ayrildi

Chempionlar Ligasidagi gʻalabadan soʻng Parijda tartibsizlik boshlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ»ning paradi vaqtida 13 yoshli oʻsmir bir koʻzidan ayrildi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasi finalida «Pari Sen-Jermen»ning Londonning «Arsenal» klubi ustidan qozongan gʻalabasidan soʻng Parij atrofida ommaviy tartibsizliklar avj oldi. Oqibatda bir oʻsmir bir koʻzidan mahrum boʻldi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.

Bir taxminga koʻra, 13 yoshli bolaga pirotexnika vositasi tegishi jarohatga sabab boʻlgan. Ammo deputat Ali Diuara boshqa bir versiyani ilgari surdi: uning soʻzlariga koʻra, oʻsmir olomonni tarqatib yuborayotgan huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan otilgan rezina oʻqdan jabrlangan. Siyosatchi allaqachon prokuraturaga shikoyat arizasi kiritgan va natijada tergov harakatlari boshlangan. Nazorat organi politsiyachilarning harakatlarini tekshirish uchun Milliy politsiya bosh inspeksiyasiga (IGPN) murojaat qildi.

Ommaviy toʻqnashuvlar va vayrongarchiliklar «PSJ» Londonning «Arsenal» klubini magʻlub etib, qatorasiga ikkinchi marta kubokni qoʻlga kiritgan final uchrashuvidan soʻng darhol boshlangan. Oʻyin 30 may kuni Budapeshtda boʻlib oʻtdi va 1:1 (penaltilar boʻyicha 4:3) hisobida yakunlandi.

Final kuni xavfsizlikni taʼminlash uchun mamlakat boʻylab 22 ming huquq-tartibot xodimi, shundan sakkiz ming nafari Parij va uning atrofiga safarbar qilingan edi. Shunga qaramay, oqibatlar jiddiy boʻldi: tartibsizliklar davomida 219 kishi jarohat oldi, 900 ga yaqin kishi qoʻlga olindi. Ichki ishlar vaziri Loran Nunyesning soʻzlariga koʻra, bu oʻtgan yilgiga nisbatan 45 foizga koʻpdir.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting