PSJning olti nafar futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘ynamaydi
"Barselona" - "PSJ" uchrashuvi 1-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
ФОТО: Getty images
PSJda yo‘qotishlar davom etmoqda.
Shanba kuni Fransiya chempionati doirasida "Oser"ga (2:0) qarshi bahsda Vitinya va Xvicha Kvaratsxeliya ham jarohat olib, safdan chiqdi.
Bundan tashqari, "Barselona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi 2-turi oldidan PSJ safida bir qator o‘yinchilar maydonga tushmaydi.
Usmon Dembele va Markinos bu bahsni o‘tkazib yuborishi deyarli aniq. Fabian Ruiz va Dezire Due’ning maydonga tushishi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "PSJ" uchrashuvi 1-oktabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist