locale OZ

«PSJ»ning muhim futbolchilari «Monako»ga qarshi oʻyindan oldingi mashgʻulotlarda qatnashmadi

Ushbu bahs 25 fevral kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ»ning muhim futbolchilari «Monako»ga qarshi oʻyindan oldingi mashgʻulotlarda qatnashmadi
FOTO: Getty Images

UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘llanma beruvchi javob o‘yini oldidan «PSJ» tarkibida jiddiy yo‘qotishlar bo‘lishi mumkin.

Fransiyalik jurnalist Olivye Tallaronning xabar berishicha, «Monako» bilan uchrashuvdan bir kun oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda hujumchi Usmon Dembele va yarimhimoyachi Fabian Ruis ishtirok etmagan. Bu futbolchilarning ertangi bahsda maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi ertaga, 25 fevral kuni Parijdagi «Park de Prens» stadionida bo‘lib o‘tadi. 17 fevral kuni Monakoda o‘tgan dastlabki bahsda «PSJ» 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘ziga qulay ustunlikni ta’minlab olgan edi.

Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, «Monako» 10 ochko bilan 21-o‘rinni, «PSJ» esa 14 ochko bilan 11-pog‘onani egallagan edi. Ushbu mavsumning hal qiluvchi final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting