locale OZ

PSJ'ning jarohat olgan futbolchilari jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun Myunxenga borishadi

«Bavariya» va PSJ oʻrtasidagi uchrashuv 6 may kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ'ning jarohat olgan futbolchilari jamoani qoʻllab-quvvatlash uchun Myunxenga borishadi
FOTO: Getty Images

PSJ klubining jarohatlangan a’zolari — himoyachi Ashraf Hakimi, darvozabon Lyuka Shevalye va hujumchi Kenten Ndjantu Chempionlar Ligasi yarimfinali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob o‘yinida ishtirok etish uchun Myunxenga yo‘l olishadi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv Fransiya klubining 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Javob bahsi ertaga, 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar o‘z jamoadoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida chorshanba kuni Parijdan Myunxenga uchib ketishadi.

Ma’lumot o‘rnida, Ashraf Hakimi Chempionlar Ligasi yarimfinalining birinchi bahsida tizza osti payini jarohatlab olgan edi. Keyinchalik, mashg‘ulotlar vaqtida Shevalye ham xuddi shunday jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. Ndjantu esa 2025 yilning dekabr oyidan buyon aynan shu turdagi jarohat sababli maydonga tusha olmayapti.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting