locale OZ

«PSJ»da kim asosiy darvozabon bo'lishi ma'lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"PSJ"da kim asosiy darvozabon bo'lishi ma'lum
Photo: Getty Images

Luka Shevalye "PSJ"ning asosiy darvozaboni vazifasini bajaradi.

Biroz avval 23 yoshli darvozabon "Lill"dan 40+15 million yevroga sotib olindi.

Janluiji Donnarummaning "PSJ"ning "Tottenxem"ga qarshi Yevropa Superkubogi o'yini tarkibiga kiritilmagani ma'lum bo'lgandi.

Xabar qilinishicha, italiyalik futbolchi 2026 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirmasligini ma'lum qilgan. Bu yozda jamoani tark etishi ehtimoli bor.

Donnarumma hozirda bir nechta jamoalar bilan muzokara o'tkazmoqda.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting