locale OZ

PSJ Zion Suzuki transferini tezlashtirmoqda

Suzuki 2026-yilgi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi safida to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol o‘tkazib yuborgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Zion Suzuki transferini tezlashtirmoqda
Foto: Getty Images

PSJ “Parma” darvozaboni Zion Suzukini o‘z safiga qo‘shish bo‘yicha harakatlarini kuchaytirdi. Parij klubi 23 yoshli yaponiyalik futbolchi uchun taklifini 33 million yevroga oshirgan va transferni imkon qadar tezroq yakunlashni rejalashtirmoqda.

Fabritsio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Suzukining o‘zi ham asosiy tarkibdan joy kafolatlanmaganiga qaramay, PSJga o‘tishni istamoqda. Parijliklar ushbu transfer uchun Angliya Premyer-ligasi klublarini ham ortda qoldirmoqda.

Suzuki 2026-yilgi jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi safida to‘rtta uchrashuv o‘tkazib, beshta gol o‘tkazib yuborgan. U A Seriyada esa 57 ta bahsda maydonga tushgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting