«PSJ» Zabarniy transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images
PSJ klubi Bornmutdan markaziy himoyachi Ilya Zabarniyni o'z safiga qo'shib oldi.
Parijliklar ukrainalik 22 yoshli futbolchi uchun 63 million yevro to'lashdi. Yana 4 million yevro bonuslar ham mavjud. Shartnoma 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.
Zabarniy o'tgan mavsumda "olchalar" safida APL doirasida 36 o'yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qilgan. Shuningdek, u 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka ham olgan.
Himoyachi "Dinamo K" tarbiyalanuvchisi sanaladi. Bornmut uni 2023 yilda 22,7 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib olgandi.
Bahrom Bobonov
Redaktor