locale OZ

«PSJ» yozda «Bavariya»dan Oliseni sotib olmoqchi — L'Equipe

Futbolchining bozor qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» yozda «Bavariya»dan Oliseni sotib olmoqchi — L'Equipe
ФОТО: Getty images

PSJ shu yozda Bavariya qanot hujumchisi Maykl Oliseni sotib olishni istamoqda. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Parij klubi fransiyalik vingerni o'z safiga qo'shilishga ko'ndira olishiga ishonmoqda. Moliyaviy omil PSJ uchun to'siq bo'lmaydi. Bundan tashqari, hujumchi Bredli Barkolaning ehtimoliy ketishi Olise transferining amalga oshishiga yordam berishi mumkin.
O'tgan mavsumda Olise barcha turnirlardagi 52 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol va 31 ta samarali uzatma bilan ajralib turdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.

Transfermarkt portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 150 mln yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting