«PSJ» Yoro uchun 60 million yevro taklif qilishi mumkin
Yoro «Manchester Yunayted»da 2024-yil yozidan buyon to‘p tepmoqda.
Фото: Getty Images
Fransiyaning «PSJ» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Leni Yორoning jamoadagi holatini kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Parijliklar kelajakda 20 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishi mumkin. Potensial transfer qiymati 60 million yevro atrofida baholanmoqda.
Yoro «Manchester Yunayted»da 2024-yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Fransiyalik himoyachining mankunianlar bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi.
Yoro joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasida 2 ta uchrashuvda ishtirok etdi. «Manchester Yunayted» esa 5 turdan so‘ng 12-o‘rinda bormoqda.