locale OZ

«PSJ» yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi

Parijliklar 2025 yilda jami 6 ta sovrin qoʻlga kiritdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» yilning eng yaxshi jamoasi deb topildi
FOTO: Getty Images

«PSJ» futbol klubi Laureus World Sports Awards talqiniga ko‘ra «Yil jamoasi» deb topildi. Parijliklar 2025 yilda oltita sovrinni qo‘lga kiritishdi, jumladan, o‘z tarixlarida ilk bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishdi.

Parij klubi ushbu nominatsiyada 2025 yilgi Yevropa chempionatida g‘alaba qozongan Angliya ayollar terma jamoasini, Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) chempioni «Oklahoma-Siti Tander»ni, Formula-1da Konstruktorlar kubogini qo‘lga kiritgan «Maklaren»ni, shuningdek, Hindiston ayollar terma jamoasi (kriket) va golf bo‘yicha Yevropa terma jamoasini ortda qoldirdi.

Ta’kidlash joizki, Laureus talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi sportchisi deb ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras e’tirof etilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting