locale OZ

PSJ — Yevropa Superkubogi g'olibi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ — Yevropa Superkubogi g'olibi
Photo: Getty Images

PSJ Yevropani zabt etishda davom etmoqda — UEFA Superkubogi uchun bahsda "Tottenxem" mag'lub etildi. Mavsumning ilk evrokubogi Fransiyaga olib ketildi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida 4:3 hisobida Parij klubi zafar quchib, UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.

Dastlab to'qnashuvning 39-daqiqasida "shporlar" himoyachisi bo'lgan van de Ven hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa jamoaning yana bir himoyachisi Kristian Romero oradagi farqni 2 taga yetkazib qo'ydi. Shunday bo'lsa-da, parijliklar qaytishga harakat qilib, 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Li Kan In oradagi farqni qisqartirdi. Bundan ilhomlangan Luis Enrike shogirdlari qo'shib berilgan daqiqalarda gol urdi. Bu gal Dembelening pasidan so'ng Gonsalo Ramos hisobni tenglashtirdi.

UEFA Superkubogi

"PSJ" 2:2 "Tottenxem" (pen: 4:3)

Gollar: Li (85), Ramos (90+4) - van de Ven (39), Romero (48)

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting