locale OZ

«PSJ» yarim himoyachisi «Real Sosyedad»ga o'tishi mumkin – Romano

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» yarim himoyachisi «Real Sosyedad»ga o'tishi mumkin – Romano
Фото: Getty Images

"Real Sosyedad" "PSJ" markaziy yarim himoyachisi Carlos Solerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, hozirda klublar muzokaralar olib bormoqda. Tomonlar yaqin orada kelishuvga erishishi mumkin.

Soler 2022 yilning kuzida "Valensiya"dan "PSJ"ga o'tgandi. Yarim himoyachi o'tgan mavsumni "Vest Hem"da ijara asosida o'tkazdi.

Futbolchining parijliklar klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 18 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting