locale OZ

«PSJ» Yaponiyaning darvozabonini transfer qilishga yaqin

Tomonlar Suzuki bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida ham muzokara olib bormoqda.
PSJ Yaponiyaning darvozabonini transfer qilishga yaqin
ФОТО: Getty images

"Parma" darvozaboni Zion Suzuki faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Yaponiyalik posbon PSJ safiga o‘tishga yaqin, deb xabar berdi insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, Parij klubi 23 yoshli futbolchi uchun 36 million yevro to‘lashga tayyor. Tomonlar Suzuki bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida ham muzokara olib bormoqda.

Shu bilan birga, transfer bo‘yicha boshqa bir tuzilma haqida Fabrizio Romano ma’lumot berdi. Uning yozishicha, bitimning umumiy qiymati bonuslarni hisobga olgan holda 35 million yevroni tashkil qilishi mumkin. Avvalroq L'Equipe ham xuddi shu summa haqida xabar bergan edi.

Suzuki 2024 yil yozida Belgiya "Sint-Truyden" klubidan 7,5 million yevro evaziga "Parma"ga ko‘chib o‘tgan.

O‘tgan mavsumda yaponiyalik darvozabon "Parma" safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 30 ta gol o‘tkazib yubordi va 6 marta raqiblarga gol urishga imkon bermadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting