PSJ yangi darvozabon transferini kelishib oldi
“Pari Sen-Jermen” “Parma”ning yaponiyalik darvozaboni Zion Suzuki transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar transferning barcha shartlarini kelishib olgan. 23 yoshli darvozabon uchun PSJ 35 million yevro to‘lashi kutilmoqda.
Biroq parijliklar Suzukini darhol asosiy tarkibda olib qolishni rejalashtirmayapti. Klub unga muntazam o‘yin amaliyoti berish maqsadida futbolchini ijara asosida boshqa jamoaga yubormoqchi.
Hozircha Suzuki uchun asosiy da’vogar sifatida “Yuventus” tilga olinmoqda. Turin klubi yaponiyalik darvozabonni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
O‘tgan mavsum Suzuki “Parma” safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuv o‘tkazib, 30 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 ta o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlagan.