locale OZ

«PSJ» Yamal uchun rekord darajadagi mablagʻ sarflashga tayyor

Parijliklar futbolchini qoʻlga kiritish boʻyicha dastlabki muzokaralarni oʻtkazgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Yamal uchun rekord darajadagi mablagʻ sarflashga tayyor
FOTO: Getty Images

«PSJ» «Barselona»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamalga qiziqish bildirmoqda. Goal.com nashrining xabariga koʻra, parijliklar futbolchi uchun rekord darajadagi transferni amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Yamalning «Barselona» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar moʻljallangan boʻlib, unda 1 milliard dollarlik tovon puli bandi mavjud. Shunga qaramay, «PSJ» rahbariyati 2017 yilda Neymar uchun toʻlagan 257 million dollar miqdoridagi tarixiy summani ham ortda qoldiruvchi taklifni tayyorlashga tayyor ekani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, parijliklar futbolchini qoʻlga kiritish borasida dastlabki muzokaralarni oʻtkazgan, biroq klub rasmiylari hozircha hech qanday rasmiy taklif bo'lmaganini taʼkidlashmoqda. OAV maʼlumotig koʻra, kelishuv summasi 277 million dollargacha yetishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Yamal joriy mavsum «Barselona» safida jami 5 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting