locale OZ

«PSJ» Yamal transferi uchun qancha to'lamoqchi?

Parijliklar Lamin uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Yamal transferi uchun qancha to'lamoqchi?
ФОТО: Getty images

“Barselona” vingeri Lamin Yamal futbol tarixidagi eng qimmat o'yinchiga aylanishi mumkin. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, "PSJ" 18 yoshli futbolchi uchun 230 million yevro to'lashga tayyor. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, bu transfer futbol tarixidagi eng qimmat bitimga aylanadi.

Hozircha Neymarning "Barselona"dan "PSJ"ga 222 million yevro evaziga o'tishi eng qimmat transfer hisoblanadi.

Joriy mavsum Yamal barcha musobaqalar doirasida 5 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo'ygan. Transfermarkt futbolchining qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting