locale OZ

PSJ XXI asrda kalendar yilda trofeylar bo‘yicha «Barselona» va «Bavariya» natijasini takrorladi

Luis Enrike jamoasi yilni ajoyib tarzda o‘tkazdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ XXI asrda kalendar yilda trofeylar bo‘yicha «Barselona» va «Bavariya» natijasini takrorladi
ФОТО: Getty images

Fransiyaning “PSJ” jamoasi XXI asrda kalendar yilda oltita sovrinni qo‘lga kiritgan uchinchi erkaklar futbol klubi bo‘ldi, deb xabar beradi Squawka.

17 dekabr kuni parijliklar rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning penaltilar seriyasidagi to‘rtta seyv tufayli Qit’alararo kubokda “Flamengo”ni mag‘lub etishdi (1:1, 2:1 pen.).

Bundan oldin, 2025 yilda “PSJ” yanvarda yakunlangan Fransiya Superkubogi — 2024, Fransiya Liga 1, Fransiya Kubogi, Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogi sovrinlarini ham qo‘lga kiritgan edi.

Avvalroq XXI asrda kalendar yilda olti kubokni “Barselona” 2009 yilda va “Bavariya” 2020 yilda qo‘lga kiritgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting